Pogbaning qaysi klubga o'tmoqchi ekani ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
9 yanv 2022, 23:25
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.

Mankunianliklar rahbariyati futbolchiga yangi shaxsiy shartnoma shartlarini taklif qilishga shoshilmayapti va fransiyalik futbolchining o'zi ham klubini o'zgartirishga qarshi emas, bu haqda uning agenti Mino Rayola ta'kidladi.

Avval xabar qilinganidek, Pogba uchun asosiy davogar – PSJ. Manbaning xabar berishicha, yarim himoyachi ham Parijga ko'chib o'tishdan mamnun.

Shuningdek, futbolchi "Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik tizimiga qanchalik mos kelishi ham hozircha nomalum. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Pogba jarohatdan qutulgach, besh haftadan so'ng mashg'ulotlarga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Times