

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
AS xabariga ko'ra, Madrid klubi Pogba uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Biroq "Yuventus" Pogbani qaytarish uchun Mino Rayoladan foydalanmoqchi.
Fransiyalik futbolchining MYU bilan 2 yillik shartnomasi bor. U jamoa bilan kelishuvni uzaytirishni istamayapti.
Bu mavsumda xavbek jamoasi tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi.



