Pogba: “Mourinyodan minnatdorman”

23 dek 2018, 09:57
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba APL 18-turida “Kardiff” (5:1) ustidan qozonilgan g'alabadan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, Mourinyoning iste'fosiga ham to'xtaldi.

“Bilaman barcha mendan bugungi natija haqida, Mourinyo haqida nimadir deyishimni kutmoqla. Natijadan qoniqdik. Buni barcha ko'rdi. Biz yaxshi o'ynadik butun jamoa faol harakat qildi.

Mourinyo bilan biz sovrinlar yutdik, buning uchun unga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hammasi kutilganidek kechmasada, biz sovrinlarga ega chiqdik. Uning harakatlari bilan biz yanada yaxshiroq bo'ldik. Shaxs sifatida ham o'sishga erishdim. Ammo hammasi ortda qoldi. Jozedan minnatdorman”, deya Pogbaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Manchester Evening News.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News.