Pogba jarohati sabab 8-10 haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
9 noya 2021, 16:09
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning jarohati qanchalik jiddiligi ma'lum bo'ldi.

28 yoshli xavbek Fransiya termasi mashg'ulotida jarohat oldi va terma lagerini tark etdi.

Pogba Manchesterga qaytadi va chuqur tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

Dastlabki ko'rik shuni ma'lum qildiki, futbolchi 8 - 10 haftani o'tkazib yuboradi. Shunday qilib, Pogba bu yil boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin.

Bu mavsum Pogba APLning 9 o'yinida 7 golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport