Pogba: "Bolaligimdan "Yuventus"ga muxlislik qilaman"

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 12:04
."Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning tan olishicha, Turin klubi faoliyatini davom ettirish uchun o'zi istagan yagona variant bo'lgan ekan.
"Ser Aleks Feryuson meni "MYU"da olib qolishga urindi. Lekin bu masalaga unchalik ham katta e'tibor qaratmadi. Men bilan boshqa klublar ham qiziqishgandi. Biroq meni faqat "Yuventus" varianti qiziqtirardi. Kaminaning xizmatlariga "Chelsi", "Arsenal", "Milan" kabi klublar qiziqqani haqida bilaman".
 
"Ammo ularning hech biri "Yuve" bilan tenglasholmaydi. Men bu klubga bolaligimdan muxlislik qilaman. Fransiyalik futbolchi uchun "Yuventus" alohida ahamiyat kasb etadi. Axir bu yerda ko'plab fransiyalik chempionlar to'p so'rishgan. Umid qilamanki, ushbu klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritaman", dedi Pogba.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru