Pogba 15-20 kundan keyin safga qaytadi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2023, 20:09
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.

"U hozir bemalol yugurishi mumkin, tizzasi bezovta qilmayapti. Agarda shunday davom etsa, 15-20 kunlarda safga qaytishi mumkin. Buning uchun uning davolanish jarayoni reja ostida kechishi kerak", - dedi Allegri.

Iyul oyida Pogba jarohat olgandi. Shundan keyin futbolchi biror marta maydonga tushgani yo'q, JCH-2022ni ham o'tkazib yubordi. Fransiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga qaytganidan keyin hali rasmiy o'yinlarda qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal