Pochettino ushbu mavsumdan keyin APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 fev 2020, 18:55
"The Sun" xabariga ko'ra, "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yangi klubini aniqlab oldi.

Argentinalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamoqda. Manbaga ko'ra, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "qizil iblislar"ni boshqarayotgan Ole-Gunnar Sulsher iste'foga chiqariladi va katta ehtimol bilan Pochettino MYUni boshqarishga tayinlanadi. Ayni damda mankunianliklar APL turnir jadvali 8-pog'onasini egallab turibdi.

Qayd etilishicha, Pochettino "Manchester Yunayted" uchun "Barselona" va PSJ kabi klublarga rad javobini bergan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun