Pochettino: “PSJ Myunxenga g'alaba uchun keldi”

Eldor Akmurzayev
6 apr 2021
Parijliklar ustozi Maurisio Pochettino YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Bavariya”ga qarshi ertangi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

“Pley-off o'yinlarida hech qaysi jamoani hisobdan chiqarib bo'lmaydi. Yevropa va jahon chempionlariga qarshi o'ynaymiz. Ularni hurmat qilamiz, ammo o'z kuchimizga ishonamiz. PSJ Myunxenga g'alaba uchun keldi.

“Bavariya” – juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular yuqori himoya chizig'i bilan o'ynaydi va hujumkor futbolchilarning individual mahoratlari evaziga bahsda g'alaba qozonadi. Biz to'g'ri balansni topishimiz kerak, xavfli zonalarda to'pni yo'qotmay, xotirjam va ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak.

Neymar va Mbappe haqida juda ko'p gapirishmoqda, ammo asosiy tarkibga 11 kishini kiritaman, ularga zafar quchishimiz uchun zarur bo'lgan ishni uddalashni ishonib topshiraman.

O'tgan mavsum “Bavariya” bilan finalda o'ynadik. Hozir esa vaziyat boshqa, bizni ikki o'yindan iborat to'qnashuv kutmoqda. Gap qasos olishda emas. Bizni yangi chaqiruv kutmoqda. “Bavariya”dek kuchli jamoani mag'lub etish, bu doimo chaqiruv demakdir”, deydi Pochettino.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA