Pochettino: "Messi Parijda o'zini baxtli his qilmoqda"

Mirjalol Normatov
19 okt 2021, 01:28
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino forvard Leo Messining jamoadagi holati haqida gapirdi.

"Messi - ajoyib futbolchi. U "Barselona"da porladi, Argentina termasida porladi va PSJda ham porlaydi. U jamoaga moslashib oldi. Buning uchun unda etarli qobiliyat bor.

PSJdagi bir necha oy davomida u xotirjam bo'lib oldi. Uning o'yinlaridan mamnunmiz. Messi Parijda o'zini baxtli his qilmoqda. Umid qilamanki, u oldingi holatiga qayta oladi", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal