Pochettino YCHL finalidan oldin Allining holatini baholadi

13 may 2019, 20:00
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yarim himoyachi Delle Allining ahvoliga oydinlik kiritdi.

"U "Everton"ga qarshi o'yinda o'zini noqulay his etdi va birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatmadi. Shuning uchun uni almashtirdim. Uning holati haqida gapiradigan bo'lsam, u bilan hammasi joyida", - deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirdi Daily Mail nashri.

Alli joriy mavsum APLda 25 ta o'yin o'tkazdi (5 ta gol, 3 ta assist). "Shporlar"ni 1 iyun kuni Madridda "Liverpul"ga qarshi YCHL final o'yini kutib turibdi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail