Pirs Morgan ten Hag bilan mojaroga borgan Sanchoni qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 10:20
Britaniyalik taniqli boshlovchi Pirs Morgan "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoga murojaat qildi.

"Salom, Jeydon, Piers Uncensored'ga kel va men seni ten Hag bilan bog'liq dahshatli tushdan qutqaraman", – deb yozdi Morgan tvittyerda.

Jeydon Sancho va Erik ten Xag o'rtasida murabbiy tanqidi va futbolchining keskin javobi tufayli mojaro yuzaga kelgan. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" niderlandiyalik mutaxassis tomonida va Sanchoga nisbatan sankciyalar qo'llamoqchi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2022 yilning kuzida Piers Uncensored shousida shov-shuvli intervyu bergan, shundan so'ng uning "Manchester Yunayted"dan ketishi muqarrar bo'lib qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport