Pirloga bir o'yinlik shartnoma taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2017, 12:40
"Nyu-York Siti" bilan shartnomasi yakunlangan Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo maydonga qaytishi mumkin.

Peruning "Universitario" klubi 38 yoshli futbolchiga bir o'yinlik shartnoma taklif qildi.

Bu ma'lumotni klub vakillaridan biri tasdiqladi va tomonlar hozircha kelishuvga erishmaganini aytdi. "Universitario" yangi forma taqdimotini o'tkazish uchun Pirloga taklif yuborgan. O'tgan mavsum xuddi shunday ish uchun Ronaldinyo bilan shartnoma izmolangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Exitosa