Pirlo "Yuventus" rahbariyatidan 37 yoshli hujumchini jamoaga olib kelishni so'radi

Alisher
5 yanv 2021, 13:04
"Yuventus" qishki transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo klub rahbariyatidan ushbu chiziqni kuchaytirishni va "Sampdoriya"ning 37 yoshli forvardi Fabio Kualyarella bilan shartnoma imzolashni so'radi.

Italiyalik futbolchi 2010-2014 yillar davomida "Yuventus"da o'ynagan. Pirlo bilan birga o'ynagan o'yinchi 3 bor Italiya chempioniga aylangan.

Hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport