Fabio Kualyarella rekord o'rnatdi

Kecha Italiya terma jamoasi Evro-2020 saralashining 2-turida Lixtenshteyn termasini 6:0 hisobida tor-mor qildi.

Bellashuvda A Ceriya to'purari Fabio Kualyarella dublga erishdi.

Kualyarella milliy terma jamoa safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U kecha gol urgan vaqtda 36 yosh 54 kunlik edi. Avvalgi rekord jamoa himoyachisi, yaqindagina Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Kristian Panuchchi (35 yosh, 62 kunlik)ga tegishli edi.


Manba: Opta