Fabio Kualyarella futbolchilik faoliyatini yakunladi

Administrator
19 noya 2023, 19:25
40 yoshli futbolchi buni rasman ma'lum qildi.

"Sampdoriya", "Torino", "Yuventus", "Napoli" va "Udineze" klublari sobiq hujumchisi Fabio Kualyarella futbolchilik faoliyatini rasman yakunlaganini ma'lum qildi. Futbolchi shu yilning avgust oyidan beri jamoasiz edi. "Sampdoriya" bilan shartnomasi tugagan futbolchi, yarim yil jamoasiz bo'ldi va futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, Fabio Kualyarella 2018-2019 yilgi mavsumda A Seriyada to'purar bo'lgandi. O'shanda futbolchi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, mavsum to'purari bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Italia