
G'olib Italiya chempionati o'yinchilari orasida uyushtirilgan so'rov natijasida aniqlangan. Pirlo bu nomga ikkinchi marotaba ketma-ket loyiq deb topilgan.
Chempionatning ramziy termasiga quyidagi futbolchilar kirgan: Samir Xandanovich ("Inter"), himoyachi Kristian Majo ("Napoli"), Andrea Barcali, Jorjo Kellini (ikkalasi ham - "Yuventus") va Mattiya De Shilo ("Milan"), yarim himoyachilar Arturo Vidal, Andrea Pirlo (ikkalasi ham - "Yuventus") va Borxa Valero ("Fiorentina"), hujumchilar Edinson Kavani ("Napoli"/"PSJ"), Antonio Di Natale ("Udineze") va Mario Balotelli ("Milan").