Pioli omadsiz seriya tugaganidan so'ng: "Keyingi mavsumda YCHLda ishtirok etish - yaxshi natija bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2023, 09:33
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Torino" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikr bildirdi.

"Rossoneri" 7 ta o'yindan iborat g'alabasiz seriyaga barham berdi. 

"Biz bunga qayta tug'ilish kabi qarashimiz lozim. Qiyin bo'lishini, "Torino" yuqori bosim evaziga xotirjam o'ynashga imkon bermasligini bilardik. Ammo biz hujumda ham, himoyada ham qattiq ishladik. 

Goldan so'ng biz yaxshiroq o'ynay boshladik. Bu kichik, lekin kerakli qadam edi. Biz natijaga erishish uchun har kuni ishlayapmiz. So'nggi haftalarda ishimiz yurishmadi. Bundan qayg'uga tushdik. 

Olg'a bosishimiz lozim, keyingi mavsumda YCHLda ishtirok etish yaxshi natija bo'ladi. Ammo barqaror o'ynashimiz lozim", - dedi Pioli. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia