Pioli “Milan”ning Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi

Alisher
19 apr 2023, 08:50
“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasining Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.

“Riu Ave”ga qarshi boshlangan ilk o'yindan boshlab barchasini esimda. Bizning turnir autsayderi sifatida ko'rishdi, biroq biz haqli ravishda shu bosqichga qadar yetib keldik. Birinchi o'yindan keyingi hisobdagi ustunlik bir tomondan bizga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan bizni natija uchun o'ynashga imkon berardi. 

Maydonda Osimxen borligini inobatga olib, himoyaga ko'proq e'tibor berdik va to'pni “Napoli”ga berishga qaror qildik. Biz bugungi o'yinda to'pga kam egalik qildik, biroq o'yinchilarga fidoyiliklari uchun rahmat aytmoqchiman”,-dedi milanliklar murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com