Pioli: "Chempionlikni o'ylashga hali juda erta"

Mirjalol Normatov
5 noya 2020
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasi chempionlik uchun kurashi haqida gapirdi.

6 turda 16 ochko jamg'argan milanliklar ayni damda A Seriya peshqadami bo'lib turibdi.

"Agarda 32ta turdan keyin biz 1-o'rinda ketayotgan bo'lganimizda, bu savolga ha deb javob berardim. Oldinda o'yinlar juda ko'p. Biz YCHL haqida o'ylayapmiz. Chempionlik borasida gapirishga juda erta.

Bizning loyihamiz tushunarli. O'tmishni yoddan chiqarib, hozirgi kun va kelajak borasida o'ylashimiz kerak", - dedi Pioli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe