Pike: "Yangi rahbarlar keladi va yaqin oylarda bosqichma-bosqich o'zgarishlarni ko'ramiz"

Alisher
5 noya 2020, 14:50
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike klubning so'nggi yillarda tanazzulga yuza tutayotgani haqida gapirdi.

"Klub hozir qanday bo'lsa shunday. O'ylashimcha, zarur bo'lgan ko'plab o'zgarishlar qilindi. Biz hamma narsani o'zgartirishimiz kerak edi.

Bizning tanazzulga yuz tutayotganimiz ko'rinib turibdi. Yildan-yilda yomonlashyapmiz. Vaqtimiz kam, ammo yaxshiroq bo'lish kerak. "Barselona"da hech qachon o'tish yili bo'lmaydi, sen doim g'alaba qozonishing kerak.

Bizda hozir saylovlar ketmoqda [klub prezidentligi uchun], yangi rahbarlar keladi va yaqin oylarda bosqichma-bosqich o'zgarishlarni ko'ramiz", - deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es