Pike va Messi faoliyatini qaysi jamoada tugatishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 12:12
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike va uning jamoadoshi Leo Messi faoliyatini "Andorra" jamoasida yakunlashi mumkin.

Bu haqda "Le Figaro" xabar bermoqda. Markaziy himoyachi yaqindagina "Andorra" klubini sotib olgandi va ushbu klubda faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi. Hozirda ushbu klub Ispaniyaning 5-divizionida ishtirok etmoqda. Pike jamoadoshi Messi orqali jamoani yuqori cho'qqiga olib chiqib, o'sha yerda faoliyatining so'nggi yillarini o'tkazmoqchi.

Pike bu boradagi taklifini Messiga bildirib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Figaro