Pike: "Neymar nima qilishni bilmayapti. "Barselona"da unga qaror qabul qilishda yordam berishga urinishmoqda"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2017, 13:39
"Barselona" himoyachisi Xerard Pikening fikricha, Neymar nima qilishni bilmayapti.

Oldinroq, braziliyalik forvard 222 mln. evro evaziga PSJga o'tishini e'lon qilingan edi.

"Biz Neymar bilan juda yaqinmiz. U qolishini istayman va uning vaziyatini tushunib turibman. Hozir Neymar nima qilishni bilmayapti, uning "Barselona"dagi yaqin do'stlari esa to'g'ri qaror qabul qilishda yordam berishga urinishmoqda.

Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. "Tvitter"dagi xabarim u qolishiga atalgan edi. Shuni istayman. Hammasi unga bog'liq. Neymar har qanday jamoada o'ynay oladi: PSJ, "Barselona", "Chelsi" yoki "Manchester Siti". Hamma klublar uni o'z safida ko'rmoqchi. Gap sen nimani xohlashingda: pul, sovrinlar" - deydi Pike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC