Pike Mbappe va Xoland o'rtasidagi farqni aytdi

Eldor Akmurzayev
7 may 2022, 08:45
“Barselona” himoyachisi Jerar Pikedan Kilian Mbappe va Erling Xoland haqida so'raldi.

“Ular ayni dam eng zo'rlari qatorida deb hisoblayman. Ikkisi juda yosh va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish salohiyatiga ega. Fikrimcha, Xoland ko'proq sof hujumchi sifatida harakat qiladi, juda kuchli va ko'p gol uradi.

Mbappe esa qanotda ham, hujum markazida ham harakat qila oladigan ko'p qirrali futbolchi. Ikkisi ham juda zo'r. Xolandga qarshi o'ynash imkoniga ega bo'lmaganman, ammo Mbappega qarshi to'qnash kelganman. Ulardan birini tanlash qiyin”, deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports