

Birinchidan, nihoyat endi Superliga tayanchi bo'lgan ligaga e'tibor o'z-o'zidan oshadi.
Ikkinchidan, bu Pro-liga jamoalariga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat. Qo'shimcha motivaciya.
Uchinchidan, Superliga jamoalari uchun ham qulay. Endi bemalol translyatsiya orqali o'yinlarni tomosha qilish va iqtidorlarni payqash oson bo'ladi. Futbolchilargaku ikki karra qo'shimcha ishtiyoq paydo bo'ladi.
O'z-o'zidan jamoalar, mutasaddilar o'z ishlariga munosabatni yanada o'zgartirib, jiddiyroq yondoshishadi. Pro-ligada o'ynovchi jamoa yoki futbolchilar endi e'tibordan chetda qolmaydi. Pro-ligada ishlovchi murabbiylar ham o'z ishlarini to'liqligicha ko'rsata olish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
O'yinlar sifati oshishiga ham ishonaman. Buyog'iga ishga, o'yinga bo'lgan munosabat va yondoshuv avtomatik tarzda yaxshi tarafga o'zgarishiga ishonchim komil.
Qisqa qilib aytganda, Pro-liga Superliga darajasiga yaqinlashish uchun katta qadam tashladi. Shundoq bo'lishi ham kerak.
PFL, Pro-liga, klublar va O'zReport uchun ham professionallik sari dadil qadam.
Tabriklayman!
Odatda bizda ko'plab muxlislar, bazida ayrim jurnalistlar futbolchilar yoki murabbiylarning maoshlarini ochiq aytishmaydi, e'lon qilishmaydi degan etirozlarni ko'p eshitib qolaman. Muxlislar buni bilgisi keladi, qiziqadi. Ko'pincha mana yevropada hammasi ochiqcha aytiladi yoki e'lon qilinadiku, shaffof deyishadi. Bazida esa futbolchi yoki murabbiylardan matbuot anjumani yoki intervyuda to'g'ridan-to'g'ri maoshlari haqida ochiqcha savol berishadi. Bu etikaga to'g'ri kelmaydi, aslida. Xorij nashrlarida biror intervyuda futbolchidan uning maoshini so'rashgani yoki qaysidir murabbiy maoshi qanchaligini aytganini umuman ko'rmaganman va o'qimaganman. Chunki ne pozvoleno tak.
Xorijda, yevropada futbolchilarning maoshlarini taxminan e'lon qiladigan nashrlar, yozadigan saytlar ko'p. Informaciya o'shalardan keladi. Lekin unutmang! Klublar yoki futbolchilar maoshlari haqida aslo ma'lumot berishmaydi. Chunki bu futbolchi va klub o'rtasidagi o'zaro shaxsiy shartnoma siri. Buni oshkor qilishga na liga yoki klubning haqqi bor. Istasa, agar xohlasa, futbolchi o'z ixtiyori bilan aytishi mumkin xolos. Undan ortig'i emas.
Xorijda futbolchilarning maoshlari yoki transfer so'mmalarini taxminan biladigan, insaydlarga ko'ra ma'lumot oladigan jurnalistlar bor. Yani, barcha raqamlar norasmiy. Lekin haqiqatga yaqin. Chunki insaydlar ishonchli. Rivojlangan.
Bizda ham oxirgi yillarda Superligadagi transferlarning qiymatini imkon qadar "championat.asia"da e'lon qilganmiz. Lekin bu rasmiy maqomda bo'lmagan. Shu uchun shaffoflikni talab qilgan bo'lib, klublardan futbolchilarning maoshi yoki transfer qiymatlarini talab qilish noo'rin. Rasmiy va norasmiy ma'lumot o'rtasidagi farqni anglab olish kerak.
Diyor Imomxo'jaev jurnalist sifatida shaffoflikni ko'p talab qilgan. Endi PFL rulida va yaxshi ishlarni amalga oshirishni boshlab yuborgan. Bugungisi ajoyib, masalan. Lekin bir savol qiziqtirmoqda. Pro-liga media va tijoriy huquqi O'zReportga qancha yoki qanday shartlarga ko'ra berildi?
Chunki PFL buni shaffof tarzda ommaga ochiqcha oshkor qilishi lozim. O'ylaymanki, tez orada bu sir oshkor qilinadi. Boshqa kanallar uchun ham yaxshi va ochiq raqobat vujudga keladi, masalan. Umuman shunday bo'lishi kerak. Yuqorida nega futbolchi va klublar transferlari haqida to'xtalib, tushuncha berdim. Chunki bizda noto'g'ri tushuncha paydo bo'lgan va shaffoflik deb nojoiz savollar yangragan.
Zo'r bo'lsa, ana mediamiz yoki jurnalistlar mustaqil ravishda insayd ma'lumotlarga ko'ra transfer qiymatlarini aniqlab, ma'lumot berishsin. Lekin buni PFL, klub yoki futbolchi va murabbiylardan so'rash yoki talab qilish umuman noto'g'ri. Chunki shaxsiy shartnomasi masalasi.
PFL va O'zReport o'rtasidagi shartnoma esa jismoniy emas, yuridik maqomda. Shu bois futbol ommasi mazkur shartnoma shartlarini boxabar bo'lishi qiziq. Va bu PFL tomonidan shaffoflik yo'lidagi boshlang'ich qadamga aylansin.



