PFA tomonidan APLda mavsum futbolchisi nomiga davogarlar e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2021, 19:20
Angliya professional futbolchilar uyushmasi (PFA) tomonidan APL yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi bo'lishi nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

Undan, Kevin de Bryuyne, Ilkay Gyundogan, Ruben Diash, Fil Foden (barchasi – “Manchester Siti”), Xarri Keyn (“Tottenxem”) va Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) o'rin oldi.

Nomzodlarni tanlash jarayoni barcha sardorlar o'rtasida o'tkazildi. Mazkur sovrinning amaldagi g'olibi de Bryuyne hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, faqatgina besh futbolchi – Mark Xyuz, Alan Shirer, Terri Anri, Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl PFA tomonidan ikki bor mavsum futbolchisi deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: PFA