Peru terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bizning maqsadimiz - Kopa Amerikani yutish"

Alisher
4 iyul 2019, 11:24
Peru terma jamoasi ustozi Rikardo Gareka Kopa Amerika yarim finalidagi Chili (3:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz kuchli raqibga qarshi ajoyib harakat qildik. Braziliya bilan bo'ladigan o'yin butunlay o'zgacha bo'ladi. Bizning maqsadimiz - Kopa Amerikani yutish", - deydi Gareka.

Eslatib o'tamiz, Peru termasi Chilini yutish orqali musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Jamoa finalda 5 karra jahon chempioni bo'lmish Braziliya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

Final 8 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TuFPF