"Persepolis" darvozaboni shimi tufayli yarim yilga futboldan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2016, 03:40
Eronlik darvozabon Sosha Makoni yarim yilga milliy chempionat o'yinlaridan chetda qoladi.
29 yoshli posbon ijtimoiy tarmoqlarda sariq shim kiyib tushgan suratlari paydo bo'lgach, Eron futbol Federatsiyasi etika qo'mitasi tomonidan chetlatildi.

Makanining kiyinishi jamiyatga ziyon keltirishi yoki ularga yomon ta’sir qilishi mumkin, – deydi etika qo'mitasi vakili.

Eslatib o'tamiz, Makani yanvar oyida ayol kishi bilan rasmga tushib uni ijtimoiy tarmoqqa qo'ygani uchun qamoqqa olingandi.

Eslatib o'tamiz, "Persepolis" klubida hamyurtimiz Aleksandr Lobanov ham faoliyat olib bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com