Perin 2,5 yil deganda "Yuve"da o'ynamoqda

Mirjalol Normatov
26 sen 2021
"Yuventus" ayni damda A Seriyaning 6-turi doirasida "Sampdoriya"ga qarshi bahs olib bormoqda.

Turinliklar darvozasini 2019 yildan buyon ilk marta Mattia Perin qo'riqlamoqda. Voychex Shchensni esa zaxirada qoldirildi. "Yuve" ushbu mavsum A Seriyadagi barcha o'yinlarida gol o'tkazib yubormoqda. Umumiy olganda jamoa so'nggi 19 o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi va antirekord sari yaqinlashmoqda.

Perin 2018 yildan buyon "Yuventus"ga tegishli. O'tgan mavsumni u "Jenoa"da ijarada o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal