Peres Lopetegini “Viktoriya” bilan o'yingacha iste'foga chiqarmaydi

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2018, 09:47
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste'foga chiqarishga shoshilmayapti.

La Liganing 9-turida “Qirollik klubi” o'z maydonida “Levante”ga yutqazib (1:2) qo'ydi. Uchrashuvdan so'ng Florentino Peres ananaga ko'ra kiyinish xonasiga kirib, futbolchilar bilan suhbatlashdi. 

Shundan so'ng, Xulen Lopetegi bilan alohida yuzma-gaplashib oldi. Sadena SER xabariga ko'ra, Peres 52 yoshli mutaxassisni YCHL doirasidagi “Viktoriya”ga qarshi kechadigan o'yingacha iste'foga chiqarmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif