Peres joriy mavsum oxirida "Real"dan ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 mar 2016, 12:43
"Real" prezidenti Florentino Peres joriy mavsum oxirida o'z vazifasini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu jamoaning barqaror o'yin ko'rsata olmasligi va muxlislarning noroziligiga bog'liq. Peres yozda prezidentlik saylovlari o'tkazib, "Qirollik klubi" rahbari lavozimiga o'z vakilini tayinlashi mumkin. U "Real"dan to'liq ketmoqchi emas.

Ma'lum bo'lishicha, jamoaning Chempionlar ligasidagi natijalari hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin.

Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es