Peres: "Agar biz Mbappeni xarid qilsak, "Real"ni kim tark etadi? Sabr kerak"

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017, 10:30
"Real" prezidenti Florentino Peres "Monako" hujumchisi Kilian Mbappening oilasi bilan uchrashib, forvardni "Qirollik klubi"ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgani haqidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Pogba bilan nima bo'lganini unutmaslik lozim. Bizga uni sotib olishni aytishgan edi. Mbappe - ajoyib va yosh futbolchi. Menga barcha kuchli futbolchilar yoqadi, biroq jamoa 24 futbolchidan iborat va maydonga faqat 11 kishi chiqadi. Ko'plab kuchli o'yinchilar "Real"da joy topa olishmadi. Ayni damda jamoamiz dunyoda tengsiz. Zidan bir necha yildan beri Mbappeni kuzatadi. Ammo 18 yoshida ko'pchilik "Real"da o'ynamagan. Agar Mbappeni xarid qilsak, "Real"ni kim tark etadi? Sabr qiling" - deydi Peres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: esRadio