Pepe: “Yuventus”ga qarshi o'yinda imkoniyatlar teng”

21 okt 2013, 16:39
“Real” klubi himoyachisi Pepe, klubning Chempionlar ligasi doirasida “Yuventus”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz har bir raqibni hurmat qilishimiz kerak. “Yuventus” tarkibida Buffon va Pirlo kabi buyuk o'yinchilar bor. Nima bo'lgan taqdirda ham biz o'z o'yinimizga katta e'tibor berishimiz kerak.

Fikrimcha ushbu o'yinda imkoniyatlarimiz teng. Bo'lajak o'yin juda qiziqarli va har tomonlama muxlislar xohlagandek bo'ladi deb umid qilaman”, - deydi Pepe.

Eslatib o'tamiz, “Real” – “Yuventus” bahsi 23 oktyabrda Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.


Manba: sports.ru