Bavariya darvozaboni Pepe Reyna Italiyaga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.
32 yoshli ispaniyalik posbon Myunxen klubida Manuel Noyerning o'rinbosari bo'lishdan charchadi. Reyna Napoliga qaytishi mumkin. Yana bir variantlardan biri Milanning Inter klubi sanaladi.