Pepe kelajagi to'g'risida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
29 mar 2022, 18:14
"Arsenal"ning ivuarlik hujumchisi Nikolas Pepe jurnalistlarga kelajagi haqida gapirdi.

Nikolas hozirda bor e'tiborini London jamoasiga qaratganini, kelajagini keyinroq o'ylab ko'rishini ta'kidladi. Pepening qayd etishicha, ushbu mavsum uning uchun juda og'ir o'tmoqda, chunki ko'pincha zaxira o'rindig'ida qolib ketish uning uchun yoqimsiz bo'lmoqda. Kot-d'ivuarlik futbolchining qo'shimcha qilishicha, hech kim zaxirada qolishni istamaydi, ammo murabbiyning qarorini hurmat qilish lozim.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Nikolas Pepe Angliya chempionatida 15 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports