Pepe fevral oyi o'rtalarida safga qaytadi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2015, 09:29
Real himoyachisi Pepe jarohatini davolashda davom etadi.
31 yoshli futbolchi 15 yanvarda Ispaniya kubogi doirasida Atletiko (2:2) bilan bahsda qovurg'asini sindirib olgach qaytib maydonga tushmadi.

Portugaliyalik futbolchi hamon umumiy guruhga qaytgani yo'q. U taxminan fevral oyi o'rtalarida maydonga tushishi mumkin.

Marca nashrining xabariga ko'ra, Pepe katta ehtimol bilan 19 fevralda YCHL 1/8 finali doirasidagi Shalkega qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru