Pep Gvardiola Emeri nega iste'foga chiqarilganini aytdi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019, 18:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal"dagi sobiq hamkasbi Unai Emerining iste'fosi haqida gapirdi.

"Agarda u ko'plab o'yinlarni yutishni istasa, futbolchilar bilan to'g'ridan to'g'ri gaplashishi kerak. Bugungi kunda futbolchilar bilan muloqot qilishning ko'plab usullari bor. Masalan, so'zlar emas, rasmlar orqali ham gaplashsa bo'ladi.

To'g'ri, unchalik aniq emas. Biroq u ingliz tilini zo'r bilmasdi va shu boisdan iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Biz voqealarga qarab natijalarni muhokama qilamiz. O'z tilingdan voz kechish oson emas. Biroq qo'l, tana, imo-ishora, rasmlar, sening assistentlaring va ko'plab jihatlar bor.

U yutmagani uchun iste'foga chiqdi. Yutmaganining sababi esa ingliz tilini bilmasligi edi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal