Pelligrini "Roma" bilan shartnomasini uzaytirish arafasida turibdi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021, 20:54
"Roma" yarim himoyachi Lorenco Pellegrini bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Manbaga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olishgan.

Ma'lum bo'lishicha, Pellegrinining "Roma" bilan yangi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Futbolchi yiliga to'rt million evro ishlab topadi. Shuningdek, shartnomadan 30 million evroga sotib olish bandi olib tashlanadi.

Eslatib o'tamiz, Pellegrini 2017 yilda "Roma"ga "Sassuolo"dan o'n million evro evaziga o'tgandi. U joriy mavsum A Seriyada beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira