Pellegrini yanvarda yangi futbolchilar sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 noya 2014, 14:28
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini qishki transfer bozori vaqtida bir nechta futbolchini sotib olishi mumkinligini ma'lum qildi.
O'tgan yozda UEFAning feyr-pley qoidasini buzgan klub jazolangani uchun taniqli futbolchini sotib olmadi. Manchester klubi 32 million funtga Elyakim Mangalani xarid qilishga pul topdi.

"Siti" tarkibni kuchaytira olmay mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlamadi. Pellegrini shogirdlari Premer-Ligada "Chelsi"dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.

Pellegrini yanvarda klub yangi futbolchilarni sotib olishini ma'lum qildi. Biroq UEFAning qoidasiga ko'ra "Siti" dastlab o'z futbolchilaridan birini sotishi kerak. Bosh da'vogarlar sifatida Matiya Nastasich va Skott Sinkler aytilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru