Pelle Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin
Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016, 17:58
Italiya terma jamoasi hujumchisi Graciano Pelle jarohatidan qutildi va Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Forvard belgiyaliklarga qarshi bahsda oyog'ini shikastlab olgan va navbatdagi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan edi. Shifokorlar uning holatidan havotirda emas.