Pelening qizi otasining operaciyadan keyingi holati haqida aytib berdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2021, 19:06
Afsonaviy Pelening qizi Kelli Nasimento o'z otasining sog'lig'i borasida to'xtaldi.

80 yoshli braziliyalik yo'g'on ichagidagi o'smani olib tashlash uchun operaciya qilingandi. 

"Aql bovar qilmas darajadagi qo'llab-quvvatlov uchun hammaga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman. U operaciyadan keyin o'zini yaxshi his qilmoqda, unda qandaydir og'riq yo'q va kayfiyati yaxshi. 1-2 kundan keyin u reanimaciya bo'limidan odatdagi bo'limga o'tadi va keyin uyga qo'yib yuboriladi.

U kuchli. Shifokorlarning ajoyib jamoasi va butun dunyodagi insonlarning muhabbati va g'amxo'rligi bilan u hamma narsani engadi", – deb yozdi Kelli o'z Instagram'ida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/iamkelynascimento