Pedro Rimda tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
25 avg 2020
"Chelsi" sobiq hujumchisi "Roma"ga o'tishga yaqin.

Futbolchi ayni damda Rimda va u tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqda RomaNews xabar bermoqda.

Tibbiy ko'rik yakunlangandan so'ng ispaniyalik futbolchi klub bilan 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Pedro Rodriges bir mavsum uchun 3 mln evro maosh oladi.

Hujumchi "Roma"ga erkin agent maqomida o'tmoqda. Futbolchi so'nggi 5 yil davomida "Chelsi" sharafini himoya qildi.


AlisherMuallif
Manba: RomaNews