Payet: "O'zim o'ynagan klub stadionida gol urishdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dmitri Payet Albaniya ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Yana uchrashuv oxirida g'alabaga erishganimizdan xursandman, harakatlarimiz bekor kyetmadi. O'zim o'ynagan klub stadionida gol urishdan mamnun bo'ldim.

Albaniyaliklar yaxshi himoyalanishdi. Birinchi bo'limda ko'proq markazdan hujumga o'tdik, ammo uchrashuvning ikkinchi qismida qanotlarni ishga soldik. Ko'plab uzatmalar amalga oshirdik va o'z maqsadimizga erishdik" - deydi Payet.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com