Payet kamida ikki hafta maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017
"Marsel" yarim himoyachisi Dmitri Payet jarohat oldi.

Futbolchi "Dijon"ga qarshi Fransiya chempionatining ilk turida (3:0) shikastlandi. Fransiyalik asosiy tarkibda maydonga tushgan edi, ammo 46-daqiqada almashtirildi.

Tekshiruvlar natijasida 30 yoshli futbolchi kamida 2 hafta maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi.

Shunday qilib, Dmitri Payet "Nant" (12 avgust) va "Anje" (20 avgust) jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan ishtirok eta olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com