Payet Messi va Ronalduga qiyoslandi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2020
“Marsel” ustozi Andre Villash-Boash yarim himoyachi Dimitri Payetning jamoadagi o'rni yuqori ekanligini aytdi.

“Barselona” Messiga bog'liq bo'lsa, “Yuventus” Ronalduga, biz esa Payetga boglanganmiz. Biroq, bu meni xavotirga solmaydi. Yaxshi futbolchilar muhim ahamiyat kasb etadi, ular juda keraklidir. Menda bundan muammo yo'q. U o'yin natijasini hal qila oladigan futbolchilar toifasiga kiradi”, – deydi Boash. 

32 yoshli fransiyalik xavbek 2017 yildan buyon “Marsel” sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum Liga 1'da 16 o'yinda qatnashib, 6+4 natijaga erishdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal