

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer hafta oxirigacha amalga oshishi kerak.
Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan so'ng, tomonlar transfer borasida kelishuvga erishishdi. "Marsel" 22 mln. funt va bonus sifatida yana 3 mln. funt to'lashga rozi bo'ldi, "Vest Xem" esa 35 mln. funtlik narxni 26 mln. funtga pasaytirdi. Agar tomonlar 1 mln. funtlik tortishuvni ijobiy yakunlashsa, 29 yoshli fransiyalik o'z vataniga qaytishi mumkin.



