"Paxtakor"ning yangi logotipini birinchilardan bo'lib "Bunyodkor" tan oldi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2014, 16:00
Kecha "Paxtakor" oliy liga 21-turining qoldirilgan uchrashuvida "Buxoro"ni mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida 10-chempionligini rasmiylashtirdi.
Buxoroliklarga qarshi bahs yakunlanishi bilan stadionning o'zidayoq "sherlar" ikkita yulduzi bor yangi logotipni taqdim etishdi.

"Bunyodkor" FKning rasmiy saytining keyingi uchrashuvlar bo'limiga e'tibor qaratar ekanmiz, u yerda "Paxtakor"ning yangi logotipiga ko'zimiz tushdi.

Bundan ko'rinib turibdiki, "Bunyodkor" FK birinchilardan bo'lib "Paxtakor"ning yangi logotipini tan oldi va o'z saytiga joylashtirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia