

13-27 yanvar kunlari "Paxtakor" mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettiradi.
Turkiyadagi birinchi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida bir nechta nazorat o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Nazorat uchrashuvlaridagi raqiblar va o'yin sanalari nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
16 yanvar: "Paxtakor" – "Dnepr-1" (Ukraina)
20 yanvar: "Paxtakor" – "Vaduc" (Lixtenshteyn)
26 yanvar: "Paxtakor" – "Mladost GAT" (Serbiya)
Ikkinchi yig'in ham Turkiyada o'tkazilib, u 31 yanvardan 14 fevralgacha davom etadi.



