"Paxtakor"ga qarshi "Metallurg"ning 5 nafar asosiy tarkib futbolchisi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2018, 13:31
Superliganing 18-turida "Paxtakor" klubi o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.

Mazkur bahsda bekobodliklar safida "Paxtakor"dan ijaraga olingan besh nafar futbolchi Zabihillo O'rinboev, Akbar Ismatullaev, Suhrob Nurulloev, Abbos Otaxonov va Stanislav Andreev maydonga tushishmaydi.

Ushbu futbolchilarning shartnomalarida o'z klubi qarshi o'ynamasligi borasida alohida band bor.

Eslatib o'tamiz, Birinchi davrada ham "Metallurg" safida "Paxtakor"dan ijaraga olingan olti nafar maydonga tushmagandi.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda "Buxoro" safida "Bunyodkor"dan ijaraga olingan ikki futbolchi Ergash Ismoilov va Javohir Qahramonov "qaldirg'ochlar"ga qarshi bahsda ishtirok etishmagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia