"Paxtakor"da 12 yil o'ynagan futbolchi jamoadan ketdi

29 iyun 2018, 21:58
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi safida 11 yildan ortiq to'p tepgan Stanislav Andreev ayni paytda jamoa bilan birga emas.

"Paxtakor"ning chap qanot himoyachisi Stanislav Andreev "sherlar" bilan Turkiya yig'iniga bormagandi. Ma'lum bo'lishicha, Andreev faoliyatini Bekobodning "Metallurg" jamoasida davom ettiradi. Ayni paytda futbolchi "Metallurg" bilan mavsumning ikkinchi qismiga taraddud ko'rmoqda.

Stanislav Andreev "Metallurg" safida norasmiy o'yinda maydonga tushishga ham ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, Stanislav Andreev 2006 yili "To'palang"dan "Paxtakor"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia