"Paxtakor" xotira turniri g'olibiga aylandi

Narzulla Saydullayev
10 avg 2016
"Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan xotira turniri yakunlandi.

Bugun musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvlari o'tkazildi. 3-o'rin uchun bahsda Olmaliqdan tashrif buyurgan yoshlar "Paxtakor-2"ni 1:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Ikkinchi jamoa safida 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz maydonga tushishdi.

Finalda esa klub  tizimidagi ikki jamoa - "Paxtakor" va BO'SM-16 jamoalari bahs yuritishdi. Bellashuvda Stanislav Kudryashov boshchiligidagi "Paxtakor" 2:1 hisobida zafar quchdi.

Final o'yinidan so'ng musobaqa sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Har bir chiziq bo'yicha turnirning eng yaxshilari nomi aniqlandi.

3-o'rin uchun
"Paxtakor-2" - "Olmaliq" - 0:1
Final
"Paxtakor" - BO'SM-16 - 2:1

Eng yaxshi darvozabon - Maqsad Chilmatov ("Paxtakor")
Eng yaxshi himoyachi - Doniyor Sobirov ("Paxtakor-2")
Eng yaxshi yarim himoyachi - Nodir Abduxoliqov (BO'SM-16)
Eng yaxshi hujumchi - Jamshid Fazliddinov (Olmaliq)
Eng yaxshi futbolchi - Ibrohim Yo'ldoshev ("Paxtakor")


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz